Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani 50 foizga oshirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 22:40

Turkiya Markaziy banki asosiy stavkasini yillik 45 foizdan 50 foizga oshirdi. Regulyator uni 2023 yil iyun oyidan beri kamaytirmagan.

«Fevral oyida oylik inflyasiya tendensiyasi kutilganidan yuqori bo‘ldi. <...> Xizmat ko‘rsatish sohasidagi inflyasiya, inflyasiya kutilmalari, geosiyosiy risklar va oziq-ovqat narxlarining oshishi inflyasiya bosimini qo‘llab-quvvatlamoqda», — deyiladi Markaziy bank bayonotida.

Regulyatorning aniqlik kiritishicha, qattiq pul-kredit siyosati inflyasiya tendensiyasining sezilarli va barqaror pasayishiga erishilgunga qadar davom etadi. Agar prognozlar yomonlashsa, choralar kuchaytiriladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati