Bolalarni profilaktik emlashga qanday tayyorlash kerak?

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-05-2024, 09:00
Emlash — boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik samarali chora bo‘lib, infeksiya o‘choqlarini jilovlash va bartaraf etishda asosiy vosita hisoblanadi.

Shu bois yurtimizda Milliy profilaktik emlash kalendari joriy etilgan bo‘lib, unga ko‘ra, bolalar 13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi rejali emlanadi.

Xo‘sh, bu jarayonga ular qanday tayyorlanadi? Bola vaksina olgach, nimalarga e’tibor berish lozim?

Shu kabi savollarga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Dilorom Tursunova javob berdi.

— Vaksina olishga ko‘rsatma yoki qarshi ko‘rsatmalarni faqat shifokor aniqlaydi. U esa emlash masalasini hal qilish, aynan qaysi vaksinani olish, bolani bu jarayonga tayyorlash va undan keyingi kuzatuv bo‘yicha ota-onalarga kerakli tavsiyalar beradi.

Ya’ni, shifokor bolaning surunkali kasalliklari, avvalgi emlash preparatlariga reaksiyalari yoki asoratlari, dori vositalariga va oziq-ovqatlarga allergik reaksiyalari haqida qisqa so‘rov o‘tkazadi.
Shuningdek, suhbat davomida bola organizmining o‘ziga xos xususiyatlari (chala tug‘ilishi, tug‘ilishda olgan jarohatlar, talvasa), yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi hamda eng so‘nggi emlashdan keyin qancha vaqt o‘tgani aniqlanadi.
Agar bola tana harorati ko‘tarilishi bilan kechuvchi o‘tkir yuqumli kasalliklar (shamollash, angina, bronxit, gripp, zotiljam) bilan og‘rigan bo‘lsa, qoidaga muvofiq ushbu muolaja u sog‘aygunga qadar qoldiriladi. Shu bilan birga, bolaning allergik reaksiyasi bo‘lsa, shifokor bilan avvaldan zarur qo‘shimcha choralar to‘g‘risida maslahatlashiladi.
Vaksina olishga bir necha kun qolganda yoki emlashdan keyingi ilk kunlari bolaga yangi turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini berish mumkin emas. Agar kichkintoy ko‘krak suti bilan oziqlantirilsa, ona o‘z rasioniga yangi yeguliklarni kiritmagani ma’qul.
Emlashdan keyin odatda shifokor yoki hamshira ota-onalarga emlash xonasidan uzoq bo‘lmagan joyda 30 daqiqa kutib o‘tirishlarini tayinlaydi. Bu farzandni tinchlantirish hamda vaksinaga nisbatan reaksiyasi bo‘lgan hollarda unga kerakli yordam ko‘rsatish uchun zarur.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati