Vadim Abramov: Har o‘yinda jang qilishga tayyormiz

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 43
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 22:10
O‘zbekiston kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlangach, «Dinamo» «H» guruhida kubokning amaldagi sohibi «Nasaf», «Andijon» va «Navbahor»ga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi. Qur’adan keyin "Dinamo" jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Vadim Karlenovich, Superligada mart oyidagi og‘ir taqvimdan keyin «Dinamo» kubokda ham «o‘lim guruhi»ga tushdi. Jamoaning guruhdan chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Ha, kuchli guruhdan joy oldik. «Andijon»ga qarshi safarda o‘ynaymiz, «Nasaf» va «Navbahor»ni qabul qilishimiz ko‘rsatilgan. Ammo Camarqandda o‘ynamayotganimizni inobatga olsak, uchta o‘yin ham biz uchun safarda o‘tadi. Chunki maydonimizga qachon o‘ynashga ruxsat berilishini hali aniq bilmayman. Nailoj, ushbu o‘yinlar orqali o‘zimizga bo‘lgan ishonchni qaytarishga urinamiz. Har o‘yinda jang qilishga tayyormiz. Bitta muammo – o‘z maydonimizda o‘ynamayotganimiz. Qolganini to‘g‘rilasa bo‘ladi" - dedi Abramov.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati