Isroil hujumlari oqibatida G‘azoda so‘nggi 24 soatda 100 dan ortiq falastinlik halok bo‘ldi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 17
- Формат: mp4
- Дата релиза: 21-03-2024, 22:04
Xabarda aytilishicha, asosiy hujumlar Al-Aqso va Al-Shifo kasalxonalari hududida amalga oshirilgan. Hudud o‘rab olinib, yalpi o‘t ochilgan.
Isroil hujumlari oqibatida so‘nggi sutkada 100 dan ortiq tinch aholi vakillari halok bo‘lgan. 92 nafar falastinlik og‘ir va o‘rta darajadagi tan jarohati olgan.
Isroil, shuningdek, G‘azo shahri, Dayr al-Balah va Nusayrat lagerlariga zarbalar bergani xabar qilingan. Ushbu hududlarda ham o‘nlab tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azoda halok bo‘lganlarning umumiy sonini 31,988 nafardan oshgan. 74,188 kishi turli darajada jarohat olgan. Yana 8000 nafar falastinlik bedarak yo‘qolgan.