Yo‘l bo‘yida sotilayotgan muzqaymoqlarni iste’mol qilmang – Sanepidqo‘mita

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-05-2024, 15:12
Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi yo‘l bo‘yida sotilayotgan, ishlab chiqarilgan joyi noma’lum muzqaymoqlarni iste’mol qilmaslikka chaqirmoqda.

Xabarga ko‘ra, mazkur turdagi muzqaymoq solingan idishlar mahsulotni sifatli tarzda saqlab bera olmaydi. Bundan tashqari, u qachon, qayerda , qanday sharoitda ishlab chiqarilganligi, uning tarkibi, saqlash muddati va sharoiti to‘g‘risida hech qanday ma’lumot yo‘q. Sotuvchi ham o‘zi sotayotgan sifati va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotga ega emas.

«Muzqaymoq solingan idishlarning bugungi kunda sanitariya-gigiyena jihatdan holati talabga mutlaqo javob bermaydi. mahsulotni ko‘cha-ko‘yda sotish uchun tegishli ruxsatnoma va sertifikat yo‘q. Sotuvchilar maxsus ust-bosh kiyim bilan ta’minlanmagan. Qolaversa, tibbiy ko‘rik daftarlari ham mavjud emas. Talabga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanadigan xodimlar har 6 oyda tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart.

Iste’molchi ushbu sifati kafolatlanmagan mahsulotni iste’mol qilishi oqibatida zaharlanish ehtimoli yuqori. Shuningdek, yuqumli kasalliklarning tarqalishiga ham zamin yaratiladi», deyiladi xabarda






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati