Onasiga bermaslik uchun yo‘qolgan deyilgan farzand boshqa hududdan topildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 21:36
Har bir farzandga o‘z onasiday mehribon zot bo‘lmasa kerak. Shu sababli, ba’zi oilalar ayrim sabablarga ko‘ra ajrashganida, sud tomonidan farzandlar voyaga yetgunga qadar ona tarbiyasida qoldiriladi.

Ammo ayrim otalar borki, o‘zining shaxsiy adovati sababli farzandini onasidan mahrum qilishga harakat qiladilar.

Shunday voqealardan bir Arnasoy tumanida sodir bo‘ldi. Fuqarolar F.A. va G.A.lar 2018 yilda kelishmovchiliklar sababli ajrashadi va otasi F.A. turmushlaridan 2017 yilda tug‘ilgan o‘g‘li J.N. ni onasiga bermasdan yashirib yuradi.

Oqibatda onaizor G.A. o‘g‘lini sobiq turmush o‘rtog‘i F.A. sobiq qaynonasi S.A. lardan va o‘z tarbiyasiga olib berishni so‘rab sudga murojaat qiladi.

Chunki, farzandini yashirib kelayotganlar ham aynan o‘shalar edi...

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudining ijro varaqasiga ko‘ra otasi F.A. va buvisi S.A. dan farzandi J.N.ni onasi G.A.ga qaramog‘iga va tarbiyasiga olib berish belgilangan bo‘lib, mazkur ijro hujjati Byuroning Arnasoy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Ijro hujjati ijrosi yuzasidan bolaning otasi va buvisi tomonidan ixtiyoriy tarzda farzandni onasiga topshirmaganligi natijasida, davlat ijrochisi tomonidan MJtKning 198-prim 1-moddasiga asosan ma’muriy jarima qo‘llanilgan.
Shundan so‘ng ham qarzdorlar tomonidan to‘g‘ri xulosa qilmagan holda bolani yashirishga harakat qilishganligi sababli, davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilingan va boshqarma qidiruv guruhi tomonidan qidiruv harakatlariga kirishilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida olib berilishi lozim bo‘lgan bolakay Mirzacho‘l tumanidagi qishloqda yashovchi ota F.N. ning ukasining uyidan qidiruv tadbirlarida topilib, shu zahotiyoq xolislar hamda qarzdor taraf ishtirokida onasi G.A. qaramog‘iga va tarbiyasiga topshirildi.
So‘z o‘rnida, yuqoridagi holatda nadomatli jihati shundaki, o‘rtada begunoh farzandlar sarson.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati