Mxitaryan: Faoliyatimni yakunlaganimdan keyin futbolda qolmasam kerak

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 21:34
"Inter" klubining armanistonlik yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin ham futbolda qolishi dargumon ekanligini aytdi. Ayni paytda Mxitaryan 35 yoshda.

"Men bu haqda ko‘p o‘ylayman, lekin to‘g‘risini aytsam, futbolda qolishim dargumon. Balki men boshqa nimadir qilaman, hayotda har doim o‘rganish kerak bo‘lgan narsa bor. Birinchidan, men oilam va do‘stlarim bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni va yangi narsalarni o‘rganishni xohlayman. Masalan, pishirishni o‘rganishni. Aytaylik, men ovqat pishira olaman, lekin unchalik yaxshi emas. Murabbiylik faoliyati? Yo‘q. Futbolchi sifatida allaqachon ko‘p vaqtimni sport zalida va mashg‘ulot maydonlarida o‘tkazyapman. Murabbiy esa bundan tashqari, raqibni o‘rganishi, tahlillar o‘tkazishi, ma’lumotlar to‘plashi va hokazolarni ham bajarishi kerak", - dedi Mxitaryan "Inter"ning rasmiy saytiga.

 








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati