AQShning O‘zbekistondagi elchisi xalqimizni Navro‘z bilan tabrikladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 21:16
AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonat Xenik ham o‘zbekistonliklarga Navro‘z tabrigini yo‘lladi.

– Navro‘z O‘zbekistonda juda muhim va qadimiy bayram hisoblanadi. Bu yurtdagi ikki yillik faoliyatim davomida hamkasblarimiz bilan birga ushbu sanani ko‘tarinki kayfiyatda nishonlab kelamiz. Ayniqsa, sumalak menga juda yoqadi. Bu taomni iste’mol qilganimda takrorlanmas xush ta’m his qilaman. E’tiborli jihati shundaki, sumalak mamlakatning turli hududlarida turlicha tayyorlanar ekan.

O‘zbekistonda bayramlar ko‘p. Ayniqsa, Navro‘zni xalqingiz intiqlik bilan kutadi va o‘zgacha nishonlaydi. Aslida tinch, osoyishta o‘zbek xalqiga shunday bayramlar juda yarashadi. Elchixona vakillari ham bayram sayllarida faol qatnashadi. Bu davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bayram saylida katta doshqozonda qaynab turgan sumalakni kovladim. Aytishlaricha, shu on nima yaxshi niyat qilinsa, amalga osharkan.

Ezgu niyatlar bilan tayyorlanadigan sumalak aynan shu sababli ham juda mazali chiqishiga shubha yo‘q.

Barcha o‘zbekistonliklarni Navro‘z – Yangi kun bilan samimiy tabriklayman. Bayram muborak bo‘lsin do‘stlar!


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati