Germaniya terma jamoasi Adidas libosidan voz kechmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 21:08
Germaniya futbol assosiasiyasi Adidas bilan anchadan beri hamkorlik qilib keladi. 2027 yildan boshlab tashkilotning texnik hamkori o‘zgaradi - u Nike kompaniyasi bo‘ladi.

Shu tariqa, bir necha yildan so‘ng Germaniya terma jamoasi Nike libosida maydonga tushadi, deb yozadi Kicker nashri.

Germaniya futbol assosiasiyasi allaqachon texnik homiy o‘zgarganini tasdiqlagan. Shu bilan birga, tashkilot Adidas bilan 2026 yil oxirigacha davom etadigan ijobiy hamkorlikni qayd etdi.

Kelgusi yozda Germaniya terma jamoasi o‘z uyida bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatida ishtirok etadi. Guruh bosqichida Yulian Nagelsmann shogirdlari Shotlandiya, Vengriya va Shveysariyaga qarshi bahs olib boradi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati