Qatar Qozog‘istonga milliardlab sarmoya kiritadi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 20
- Формат: mp4
- Дата релиза: 21-03-2024, 20:50
Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad al-Tani Dohaga amaliy tashrif bilan kelgan Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenovni qabul qildi. Bektenov Qatar hukumati rahbari va tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon at-Tani bilan ham muzokaralar o‘tkazdi.
Muzokaralar natijasida Qozog‘iston va Qatar milliardlab dollarlik qo‘shma loyihalar bo‘yicha shartnomalar imzoladi, jumladan:
◼️ 5,7 mlrd dollarlik gazni qayta ishlash zavodlarini qurish;
◼️ umumiy qiymati qariyb 7,7 milliard dollarlik «Aqto‘be-Qo‘stanay» magistral gaz quvurlari va «Beyneu-Bozoy-Chimkent» ikkinchi liniyasini qurish;
◼️ 1100 megavatt quvvatga ega kombinatli elektr stansiyasi va 350 megavatt quvvatga ega gidroelektr stansiyasini qurish, qiymati 2,7 milliard dollar;
◼️ no‘xat, bug‘doy va sutni qayta ishlash zavodlarini qurish.