Qirg‘izistonda pora olayotgan sudya hibsga olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 20:42
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari Sverdlovsk tuman sudi sudyasi Qodirqulova Alma Qamchibekovnani o‘ta yirik miqdorda pora olishda gumon qilib, qo‘lga oldi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, u sudlanuvchilardan 12 ming dollar undirgan, advokat G.M.V esa vositachilik qilgan

«Sudya advokat bilan yashirin suhbat o‘tkazish maqsadida videokuzatuv kameralari bo‘lmagan hojatxonada yig‘ilganlar va talab qilingan pulni o‘sha yerda taqsimlashgan», - deyiladi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabarida.

21 mart kuni Sudyalar kengashi qarori asosida Bishkekning Pervomay tuman sudi qarori bilan sudya Alma Qodirqulova 20 mayga qadar Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining tergov izolyatorida hibsga olingan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati