BMT: Turkiya obodonlashtirish borasida Yevropadan oldinda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 20:36

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hisobotlariga ko‘ra, Turkiya o‘rmon plantasiyalari bo‘yicha Yevropa davlatlari orasida birinchi o‘rinda turadi. O‘rmonlarni qayta tiklash bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinda turadi. Shu bilan birga, Turkiya o‘rmon resurslari bo‘yicha hududga nisbatan sayyorada 27-o‘rinda turadi.

Bu raqamlarni O‘rmon muhandislari palatasi raisi Hasan Turkilmaz ayni paytda mamlakatda nishonlanayotgan O‘rmon haftaligi munosabati bilan Anadolu nashriga bergan intervyusida keltirdi. Shuningdek, u atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmon maydonlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 20 yil avval 20,2 million gektar bo‘lgan o‘rmon maydoni hozir 23 million gektardan oshdi. «Turkiya hududining deyarli 30 foizi o‘rmon bilan qoplangan», deya qo‘shimcha qildi u.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati