Ukraina yozda ham 155 mm snaryadlarni ishlab chiqarishni boshlay olmaydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 20:34
The Washington Post nashrining yozishicha, Ukraina yaqin oylarda o‘ziga yetkazib berilayotgan G‘arb artilleriya tizimlari uchun zarur bo‘lgan 155 millimetrli snaryadlarni o‘zi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ya olmaydi. Bu snaryadlarning frontda taqchilligi bor, biroq ularni mamlakatda ishlab chiqarish «shu yil ikkinchi yarmidan» keyin boshlanishi mumkin, deb yozadi 20 mart, chorshanba kuni Amerika gazetasi «Ukroboronprom» Ukraina davlat konserni vakiliga tayanib.

Nashrning anonimlik sharti bilan gapirgan suhbatdoshi milliy xavfsizlik masalalari sirligi sababli qo‘shimcha ma’lumot berishdan bosh tortdi.

155 mm kalibrdagi o‘q-dorilar NATO qurollari uchun standart bo‘lib, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida artilleriya qurollarida qo‘llanadi. Ukraina qurolli kuchlari har kuni uch mingdan olti mingtagacha shunday snaryadlardan foydalanishi mumkin, deya oldinroq taxmin qilgandi harbiy ekspertlar.

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan beri Kiyev birgina AQShdan 2 millionta 155 mm kalibrdagi snaryad oldi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati