Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi savdo pasayib bormoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 20:26

Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2024 yil fevralida 2023 yil fevraliga nisbatan 16,5 foizga kamaydi. «TASS» Yaponiya moliya vazirligiga tayanib, shunday ma’lumotlarni taqdim etadi.

Fevral oyida tovar ayirboshlash hajmi qariyb 690 million dollarni tashkil etdi. Rossiya tovarlarini Yaponiyaga yetkazib berish 10,2 foizga, yapon tovarlarini Rossiyaga yetkazib berish 33,5 foizga kamaydi.

Bu pasayish, asosan, yapon avtomobillarini yetkazib berishning to‘xtatilishi va Rossiya energiya resurslarini xarid qilishning kamayishi bilan bog‘liq.

Rossiya-Yaponiya savdo-iqtisodiy munosabatlarining yomonlashishi Ukrainadagi urush va Tokioning Rossiyaga qarshi joriy qilgan sanksiyalari bilan bog‘liq.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati