Mutaxassis: Abdominal semizlik infarkt va insult kabi jiddiy xastaliklar xavfini oshiradi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-05-2024, 17:24
Yosh o‘tgan sari ko‘pchilik erkaklarda qorin qo‘yish, ya’ni abdominal semizlik kuzatiladi. Bu esa nafaqat tashqi ko‘rinish, balki salomatlikka ham jiddiy zarar yetkazadi. Shu bois undan imkon qadar tezroq qutilish lozim.

Xo‘sh, buning uchun nima qilish kerak?

Ushbu savolga Salomatlik va strategik rivojlanish instituti bo‘lim boshlig‘i, tibbiyot fanlari nomzodi Feruza Tohirova batafsil javob berdi.

— Qorin sohasining kattaligi, ya’ni abdominal semizlik – ayollarda bel aylanasining 80 sm.dan, erkaklarda 94 sm.dan katta bo‘lishi, — deydi mutaxassis. — Bu holat o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Gormonal o‘zgarishlar, noto‘g‘ri ovqatlanish, kamharakatlik, yoshga doir o‘zgarishlar va irsiyat kabi omillar bunga sabab bo‘lishi mumkin.

Ayniqsa, abdominal semizlik rivojlanishining asosiy sababi – iste’mol qilingan ovqatdagi kaloriyaning sarf qilinadigan quvvatdan ko‘p bo‘lishidir.

Ma’lumki, inson o‘zining faoliyati uchun ovqat orqali quvvat oladi. Agar u yetarlicha sarflanmasa, iste’mol qilingan taom ortiqcha yog‘ to‘qimasi ko‘rinishida, avvalo, qorin sohasida yig‘iladi. Ya’ni, bu degani, ko‘p ovqat tanovul qilib, kam harakat qilish abdominal semizlikka olib keladi.
Shu bois inson qanchalik ko‘p kaloriyali ovqat iste’mol qilsa, shunchalik ko‘p jismoniy faol bo‘lishi va bu kaloriyani sarflashi lozim.
Aks holda qorin qo‘ygan erkaklarda jismoniy faollik susayib, uyqu maromining buzilishi, nafas qisishi kabi muammolar kuzatiladi. Bu esa yurak faoliyati bilan bog‘liq o‘zgarishlarning boshlanayotganidan darak.
???? Qolaversa, bunday insonlarda: ✅ qandli diabet 2-turi; ✅ qonda lipidlar va xolesterin miqdorining ortishi; ✅ tomirlar aterosklerozi; ✅ bo‘lmachalar fibrillyasiyasi; ✅ qon tomirlarda tromblar hosil bo‘lishi; ✅ infarkt yoki insult; ✅ arterial gipertenziya (qon bosimini oshishi); ✅ reproduktiv funksiyaning buzilishi (farzandsizlik); ✅ saraton kabi kasalliklar xavfi yuqori bo‘ladi.
Shu bois ular, avvalo, vazn ortishi sabablarini aniqlash uchun shifokorga murojaat qilishi lozim. Agar davolovchi mutaxassis muolaja tartibini belgilab, ma’lum turdagi preparatlarni buyursa, ko‘rsatmalarga amal qilish shart.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati