Magniy uyqusizlik va stressda yordam beradimi?

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-05-2024, 16:06
Har bir inson hayoti davomida ba’zan vaqtida uxlashga qiynaladi. Bunga stress, haddan tashqari charchash, ta’tilsiz ishlash va shovqinli muhit ham sabab bo‘lishi mumkin.

Agar uyqusizlik surunkali bo‘lsa, bu ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, organizmda zaiflik, asabiylashish, diqqatni jamlashni uddalay olmaslik kabi holatlar kuzatiladi. Shunday vaziyatda shifokorlar magniy preparatini qo‘shimcha tarzda ichishni buyuradi.

Magniy energiya ishlab chiqarish, asab tizimi faoliyati, qon bosimini tartibga solish va glyukoza miqdorini nazorat qilishda ishtirok etadigan muhim mineraldir. Inson organizmida taxminan 25 mg magniy mavjud bo‘lib, uning 50-60 foiz qismi suyaklarda, qolgani yumshoq to‘qimalarda joylashadi. Qon tarkibida magniy bir foizdan kam miqdorni tashkil qiladi.

Magniyni bir kunda qancha iste’mol qilish yosh va jinsga qarab farqlanadi. 19-30 yoshdagi erkaklar kuniga 400 mg, ayollar esa 310 mg magniy qabul qilishi mumkin. Ehamine tibbiyot portali mutaxassislari aytishicha, insonlar magniyni oziq-ovqatdan yetarli miqdorda qabul qilmaydi. Uning tanqisligi qand kasalligi, yurak-qon tomir, metabolik kasalliklar va osteoporoz kabilarga olib keladi.

Magniy preparatlari uyquni yaxshilashga yordam beradimi?

Magniy uyqu-uyg‘onish siklini tartibga solishga va tunda osuda dam olishga yordam beradi. Uyqusizlikka chalingan keksa odamlarda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, magniy uyquga ketish vaqtini 17 daqiqaga qisqartiradi. Ammo tungi uyqu sifatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
Boshqa bir tadqiqotda ishtirokchilar bezovta oyoqlar sindromiga chalingan edi. Magniyni qabul qilish ularda tungi uyg‘onishlar sonini kamaytirishga yordam berdi.
Xulosa qilganda, magniy asosan harakat tizimi buzilganlarga uyquda yordam beradi deyish mumkin. Ushbu modda boshqa sabablar tufayli uyqusizlikka chalinganlarga kor qiladimi yoki yo‘q — fanga hozircha noma’lum.
Magniy defisiti nimadan kelib chiqadi?
Magniy gipertonik insonlarga ham foydalidir, chunki mazkur mineral qon bosimini pasaytiradi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati