Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxslar ushlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 20:02
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi 31 yoshli B.F. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 909 ming so‘m noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi 24 yoshli Q.U. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan Q.U. internet foydalanuvchilariga Telegram orqali turli xil mazmunidagi xabar (havola) jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (o‘g‘rilik qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Q.U.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati