Rossiyada bomba va snaryadlar ishlab chiqarish hajmi bir necha barobar oshdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 19:44
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Nijniy Novgorod viloyatidagi qurol-aslaha ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashrif buyurib, u yerda ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.

2024 ylning fevral oyidan boshlab Nijniy Novgorod viloyatidagi korxona "FAB-3000" (vazni 3 tonnali) havo bombalarini ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, korxona FAB-1500 va FAB-500 aviabombalari ishlab chiqarishni bir necha barobarga oshirdi.

Artilleriya snaryadlari va ular uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish so‘nggi ikki yilda 22 baravar oshgan. Bu maxsus harbiy operasiyani snaryadlar bilan yetarli darajada ta’minlashga imkon beradi.

"Bunday ko‘rsatgichlarga erishish uchun mudofaa korxonalari oldin konservasiya qilingan ishlab chiqarish quvvatlarini qayta ishga tushirish, snaryadlar ishlab chiqarish liniyalarini qayta jihozlash va modernizasiya qilingan", - deyiladi xabarda.

Ayni damda Rossiya olib borayotgan maxsus harbiy operasiya G‘arbning juda ko‘p zaif nuqtalarini oshkor qildi. Shulardan biri snaryadlar ishlab chiqarish. Ayni damda Ukraina Qurolli kuchlari jiddiy "snaryad ochligini"ni his qilmoqda. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, AQSh va NATO barcha ishlab chiqarish quvvatlarini ishga solsa ham Kiyevga yetarlicha snaryad yetkazib bera olmasligini ta’kidlashmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati