“Barselona” himoyachisi 1566 foizga qimmatlashdi.

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 19:42
Payshanba kuni Transfermarkt portali sahifalarida Ispaniya chempionatida o‘ynayotgan ba’zi futbolchilarning narxlari yangilandi. Bu borada eng yuqori natija esa “Barselona” himoyachisi Pau Kubarsi bo‘ldi.

Agar ilgari u 1,5 million yevroga baholangan bo‘lsa, hozir Kubarsi 25 million yevro turadi. Muntazam o‘ynashni boshlagan Kubarsi 1566,7% ga qimmatlashdi!

So‘nggi yangilanish natijalariga ko‘ra La Liganing eng qimmat futbolchilari reytingida ikkinchi o‘rinni Samu Omorodion egalladi. “Alaves” forvardining narxi 20 millionga qimmatlashdi va hozir 40 million yevroga baholanmoqda.

Kuchli uchlikni “Barselona”dan Lamin Yamal (yangi narx – 75 million yevro) va “Real”dan Braim Dias (35 million yevro) yakunlab turibdi. Har ikki futbolchining narxi 20 millionga oshgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati