JCH—2026 saralashi. O‘zbekiston safarda Hongkongni yengdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 19:22
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 saralashi doirasida 21 mart, payshanba kuni Hongkongga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Qayd etib o‘tish joiz, o‘yin boshida Eldor Shomurodov tomonidan urilgan gol hakam tomonidan bekor qilindi. O‘sha vaziyatda to‘p qo‘lga tegdi deb hisoblandi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa Srechko Katanes shogirdlari hisobni ochdi. 49-daqiqada Eldor Shomurodov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

66-daqiqada esa Rustam Ashurmatov hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va O‘zbekiston 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Srechko Katanes jamoasi E guruhida ochkolari sonini 7 taga yetkazib oldi. Guruhning ikkinchi o‘yini Eron va Turkmaniston jamoalari o‘rtasida kechadi. Uchrashuv 21:00 da start oladi.
Hongkong – O‘zbekiston 0:2
Gollar: 0:1 — 49 Eldor Shomurodov, 0:2 — 66 Rustam Ashurmatov.
Honkong: 1. Yapp Xung Fai, 2. Oliver Benjamin Gerbi, 5. Helio Gonsalves, 6. Vu Chung Lok, 8. Tan Chun Lok, 9. Matt Orr (20. Maykl Udebuluzor,63), 11. Everton Kamargo (14. Poon Pui Hin, 63(16. Chan Siu Kvan Filip, 21. Yu Tze Nam, 22. Soaresh Junior Valter, 23. Sun Ming Him.
O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov, 2. Abduqodir Husanov, 4. Farruh Sayfiyev, 5. Rustam Ashurmatov (23. Husniddin Aliqulov, 70) 7. Otabek Shukurov, 9. Odil Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov (21. Azizbek Amonov, 81), 14. Eldor Shomurodov, 15. Umar Eshmurodov, 19. Azizbek Turg‘unboyev, 20. Hojimat Erkinov (22. Abbosbek Fayzullayev, 46).

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati