Evrokomissiya Ukrainaga 4,5 mlrd yevrolik transh o‘tkazdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 19:12
Evropa komissiyasi (EK) Ukrainani tiklash, rekonstruksiya va modernizasiya qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan 50 milliardlik makromoliyaviy yordam paketining bir qismi sifatida joriy yilda Ukrainaga 4,5 milliard yevro miqdoridagi birinchi transhni o‘tkazdi, deyiladi 20 mart, chorshanba kuni Yevropa komissiyasi matbuot bayonotida.

Hujjatda ta’kidlanganidek, ushbu mablag‘lar Ukrainaga ish haqi, pensiyalarni to‘lashni moliyalashtirishga yordam beradi va Rossiyaga qarshi mudofaa urushida «mamlakat g‘alabaga erishishga e’tibor qaratishi uchun» asosiy davlat xizmatlarini ko‘rsatishni ta’minlaydi.

EK raisi Ursula fon der Lyayen Ukraina bosh vaziri Denis Shmixal bilan uchrashuvdan so‘ng shunday dedi: «Bugun - Ukraina uchun yaxshi kun. Komissiya hozirgina Ukrainaga Ukraine Facility paketidan 4,5 milliard yevrolik birinchi transhni to‘ladi. Bu to‘lov moliyalashtirish ko‘rinishida Ukrainaga davlatni ushbu qiyin paytda ushlab turishda yordam berishda muhim rol o‘ynaydi».

Shmixal Yevropa Ittifoqiga o‘z mamlakatiga ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati