Google o‘z majburiyatlarini bajarmagani uchun jarimaga tortildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 16
- Формат: mp4
- Дата релиза: 21-03-2024, 19:04
Gap turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilmaslik haqida bormoqda. Ushbu chora Fransiyada 2019 yilda qabul qilingan. Qonunga ko‘ra, internet-kompaniyalar nashriyotlar va OAVga o‘z kontentidan foydalanganlik uchun tovon to‘lashi shart.
2020 yilda fransuz regulyatori Googleʼga birinchi marta muayyan harakatlarni taqiqlash ko‘rinishida cheklovlar kiritdi, chunki u kompaniya belgilangan shartlarga rioya qilmagan deb hisobladi. 2021 yilda Amerika korporasiyasi monopoliyaga qarshi xizmatdan 500 million yevro jarima oldi.
Ikki yil oldin Fransiya Googleʼga qarshi barcha sud jarayonlarini to‘xtatdi, chunki u kompaniyaning ishlarni to‘xtatish uchun olgan majburiyatlarini yetarli deb hisobladi.
Biroq Google 2022 yil iyun oyida o‘z zimmasiga olgan yettita majburiyatdan to‘rttasini bajarmagan.