Isroil armiyasi iftorlik vaqtida «Al-Shifo» kasalxonasiga hujum qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 18:38
Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi «Al-Shifo» shifoxonasiga yirik artilleriya yordamida hujum qildi. Hujumlar musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyida iftorlik vaqtida sodir etilgan.

Hujum natijasida yong‘inlar yuzaga kelgan, o‘nlab odamlar halok bo‘lgan, yuzlab falastinliklar sharqdagi at-Tuffa, al-Zeytun, ash-Shuqaiya va as-Sabra mahallalariga qochib ketishgan. Kasalxona yaqinidagi ko‘plab turar-joy binolari yashash uchun yaroqsiz holga kelgan.

Ayni paytda Isroil armiyasi Bosh shtab rahbari Gerzi Halevi, «Al-Shifo»ga berilgan zarbalar muzokaralarda HAMASga bosim o‘tkazish maqsadida uyushtirilganini aytdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati