NATO allaqachon tushunib yetyapti, quruq texnika bilan Ukrainani qo‘llashni foydasi yo‘q

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 18:32
NATO allaqachon tushunib yetyapti, quruq texnika bilan Ukrainani qo‘llashni foydasi yo‘q. Urushga ko‘p sonli harbiylarni yuborish kerak va bu borada NATO allaqachon ishlarni boshlab yuborgan.

Ruminiya. Qora dengiz porti hisoblangan Ruminiyaning Konstansa shahrida NATOning eng katta harbiy bazasi qurilmoqda. Unga NATOning 10 ming xodimi, oilasi bilan joylashishi ko‘zda tutilgan. Demakki, Ukrainaning Qora dengizdagi yagona porti Odessani qo‘ldan boy bermaslik NATOning ustuvor vazifasi hisoblanadi.

Albaniya bir necha yillar oldin NATOga a’zo bo‘lgan. Dastlab, bu qo‘shilish Albaniyaning jahon siyosatidagi obro‘sini oshirish uchun kerak edi. NATOning harbiy bazasi va aerodromi mavjud edi. Ammo, u yerda bitta ham harbiy ham, qiruvchi samolyot ham yo‘q edi. Ammo, mart boshiga kelib hammasi o‘zgardi, endi aerodromlar ochildi.

Moldovada NATOning aerodromi mavjud. Bu NATO hududlarini Rossiya hujumidan qaytarish uchun qiruvchi samolyotlarni uchirish uchun mo‘ljallangan, deyish mumkin.

Harbiy harakatlar yuqorida aytganimdek, Qora dengizga qaratiladi. Himoya qilinishi kerak bo‘lgan asosiy nuqta Odessa, hujum uchun esa Qrim bo‘lishi mumkin. Ya’ni Odessaga hujumni muvaffaqiyatli qaytarish keyinchalik, Qrimni Ukrainaga qaytarish uchun yo‘l ochishi mumkin.

Hozir topda turgan fransuzlar ham aynan shu sxema bo‘yicha jangovar harakatlarga kirishadi


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati