“KazanForum” Rossiyaga islom sarmoyasini oshirishga xizmat qiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 18:28
Yaqin Sharq mamlakatlari biznes vakillari 2023 yil “Rossiya – Islom dunyosi: KazanForum” xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya loyihalariga investisiya kiritishning afzalliklariga e’tibor qaratishdi. Bu borada Rossiya bozorining o‘sish sur’ati, Maxsus iqtisodiy zonalardagi qulay sharoitlar, keng ko‘lamli investisiya loyihalarini amalga oshirishga imkon beradigan mamlakatlar bilan hamkorlik kabi jihatlar alohida ta’kidlandi. Mutaxassislar, Tatariston Respublikasi kabi, Rossiyaning an’anaviy ravishda Islom dini keng tarqalgan mintaqalaridagi qo‘shimcha imkoniyatlarni e’tirof etishdi.

– Turk investorlari uchun bu yerda kredit berish jarayoni, shuningdek til masalasi bilan bog‘liq afzallik mavjud – tatar tili turk tiliga yaqin, mutaxassislar bir-birini oson tushunadi, – deydi "Joshkunoz Alabuga" xoldingining Rossiyadagi korxonalari rahbari Eljevit Oktem. – Shuning uchun biz investisiya loyihalarimizni davom ettiramiz.

Birlashgan Arab Amirliklaridan kelib “KazanForum”da qatnashgan tadbirkorlar fikriga ko‘ra, Rossiyadagi Islom investisiyasi asosiy tarmoqlari ulgurji savdo va distribusiya, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, oziq-ovqat, qurilish xizmati va turli ishlab chiqarish yo‘nalishlaridan iborat. Shuningdek, Rossiya Kavkazi va Volga mintaqasida mehmonlarga halol turizm taklif etiladi.

2024 yil Rossiyaning “Islom banki” sarmoyadorlar uchun yangi imkoniyatlar ochishi kutilmoqda. Dog‘iston, Boshqirdiston, Tatariston va Checheniston hududida 2023 yil sentyabrda yo‘lga qo‘yilgan, 2025 yil sentyabrgacha mo‘ljallangan hamkorlikda moliyalashtirish tamoyillini joriy etish bo‘yicha tajriba o‘tkazilmoqda. Hududlar allaqachon tashqi investorlar uchun ochiq. Xususan, Islom moliya sohasi “KazanForum”ning an’anaviy faol ishtirokchisi – Eron Islom Respublikasi bilan hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishiga aylanmoqda. Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov yaqinda Eronga tashrifi chog‘ida buni e’tirof etdi.

Savdo-sotiqda keng istiqbol 14 mamlakat allaqachon qo‘shilib ulgurgan xalqaro logistika loyihasi –“Shimol – Janub” transport yo‘lagini rivojlantirish bilan ochiladi. Ta’kidlanishicha, 2023 yildagi birgalikdagi sa’y-harakat eksport, import va tranzit hajmini bir necha barobar oshirish imkonini berdi.

2024 yil 14-19 may kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan “Rossiya – Islom olami: KazanForum” XV Xalqaro iqtisodiy forumida islom biznesining foydali sarmoyasi va rossiyalik hamkorlar bilan qo‘shma loyihalar bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishilishi kutilyapti.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati