• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Yana ikki falastinlik bosib olingan G‘arbiy Sohilda Isroil harbiy agressiyasi qurboni bo‘ldi

Yana ikki falastinlik bosib olingan G‘arbiy Sohilda Isroil harbiy agressiyasi qurboni bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 18:26

Isroil armiyasi radiosi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil qo‘shinlari yahudiylarning Gush Etzion aholi punktida bir falastinlikni otib o‘ldirgan. Qayd etilishicha, shaxsi oshkor etilmagan falastinlikning sumkasida pichoq bo‘lgan.

Ayni paytda Falastinning WAFA axborot agentligi Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyatiga tayanib xabar berishicha, halok bo‘lgan shaxs Al-Xalil shahridan 63 yoshli falastinlik Samih Muhammad Zaytun bo‘lgan.

Bundan tashqari, Falastin sog‘liqni saqlash manbalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil askarlari Ramallah shahri yaqinida yana bir falastinlikni otib o‘ldirgan va ikki kishini yaralagan. Tibbiyot guruhlari jarohatlanganlarning ahvolini «barqaror» deb baholadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati