Szinpindan Baydengacha.: Xorijiy yetakchilardan Mirziyoyevga samimiy qutlovlar kelmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 18:20
Ko‘p millatli xalqimizning ona yurt va tabiatga mehr-muhabbat va g‘amxo‘rlik, ezgulik va bag‘rikenglik, bunyodkorlikka intilib, do‘stlik va totuvlikda yashash, tinchlik va farovonlikning qadriga yetish kabi oliyjanob qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan qadimiy bayram – Navro‘zi olam munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblaridan samimiy tabriklar kelmoqda.

Xorijiy yetakchilar va hamkorlar mamlakatimizdagi aholi hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan ortga qaytmas siyosiy yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuksak baholab, ularni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini, davlatimizning xalqaro maydondagi nufuzi sezilarli darajada mustahkamlanganini qayd etmoqda hamda O‘zbekiston xalqiga bardavom ravnaq tilaklarini izhor etmoqda.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Prezident janoblari!
Sizga Xitoy taqvimi bo‘yicha Yangi yil munosabati bilan yo‘llagan tabrik maktubingiz uchun samimiy minnatdorlik bildirishga hamda Xitoy hukumati va xalqi nomidan, shaxsan o‘z nomimdan Sizni va O‘zbekiston xalqini an’anaviy bayramingiz – Navro‘z bilan chin dildan qutlashga ijozat bergaysiz.
Yaqinda Xitoyga amalga oshirgan davlat tashrifingiz davomida biz sermazmun va samarali muzokaralar o‘tkazib, Xitoy bilan O‘zbekiston o‘rtasida barcha sharoitda har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirishimiz va Xitoy-O‘zbekiston umumiy taqdir hamjamiyatini yuksak ishonch bilan barpo etishimizni e’lon qildik, bu esa ikki davlatning turli sohalardagi hamkorligi uchun yangi tarixiy imkoniyatlarni ochadi.
Men Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qarataman va xalqlarimiz an’anaviy do‘stligini mustahkamlash, Xitoy-O‘zbekiston umumiy taqdir hamjamiyatini barpo etishni katta amaliy mazmun bilan boyitish sari davlatlarimiz modernizasiyasiga ko‘maklashish maqsadida ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish borasida Siz bilan birgalikda ishlashga tayyorman.
Sizga mustahkam sog‘lik va faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, do‘st O‘zbekiston xalqiga baxt-saodat va farovonlik tilayman.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati