Shveysariyaning IQAir texnologik kompaniyasi 2023 yilgi havo sifati bo‘yicha Butunjahon hisobotini e’lon qildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 19
- Формат: mp4
- Дата релиза: 21-03-2024, 18:02
O‘zbekiston havosi sifati faqat Toshkent shahri orqali o‘rganilgan. IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxtda PM2,5`ning o‘rtacha yillik konsentrasiyasi 28,6 mkg/m3 ni tashkil etgan — bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyalaridan 5−7 baravar yuqori.
Havosi eng iflos bo‘lgan dunyo poytaxtlari reytingida Toshkent 22-o‘rinda. Ifloslanish darajasi bo‘yicha shahar «qizil» toifaga kiritilgan, bu zararli havoni bildiradi.
Eng ifloslangan poytaxtlar beshligiga Nyu-Dehli (Hindiston) — 92 mkg/m3, Dakka (Bangladesh) — 80,2 mkg/m3, Uagadugu (Burkina-Faso) — 46,6 mkg/m3, Dushanbe (Tojikiston) — 46 mkg/m3 va Bag‘dod (Iroq) — 45,8 mkg/m3 kiradi
2023 yilda havo faqat yetti mamlakat — Puerto-Riko, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Islandiya, Bermud orollari, Estoniya va Finlyandiya poytaxtlarida JSST standartlariga (5 mkg/m3) javob bergan.