Emelyanenko islom dinini qabul qilganmi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 17:54
Rossiyalik taniqli aralash yakkakurash ustasi Aleksandr Yemelyanenkoning islomni qabul qilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Matbuotning bu haqda yozishiga Yemelyanenkoning Makka va Madina shaharlariga borgani, ismini Abubakarga o‘zgartirgani, kabapo‘shni sovg‘a sifatida qabul qilib olgani sabab bo‘lgandi.

"Nega dinni o‘zgartirganim haqidagi xabarlarga vaqtida javob bermadim? Chunki siz jurnalistlar bu ishni qilishingizni kutdim. Lekin rahbarlaringiz sizni shunday yozishga majbur qilishdi. Qanday qaror qabul qilsam ham, bunga o‘zim kelaman. Bitta nashr "Emelyanenko islomni qabul qildi" deb xabar berdi, qolganlar ko‘chirishdi. Men islomni qabul qilmaganman. Lekin ichkilikdan qutulishimda beminnat yordam bergan musulmon do‘stlarimdan minnatdorman", — dedi Yemelyanenko o‘zining Telegram‑kanalida.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Yemelyanenko navbatdagi jangini 12 aprel kuni Ural FC 7 turnirining markaziy jangida hamyurti Vyacheslav Dasik bilan to‘qnash keladi. Bu Yemelyanenko uchun revansh maqomidagi jang bo‘ladi. Ularning ilk jangida Dasik nomdor raqibini 13-soniyadayoq nokautga uchratgandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati