Yaponiya qirg‘oqlarida bo‘yoq olib ketayotgan tanker ag‘darilib, 8 kishi halok bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 17:42
Yaponiya qirg‘oqlarida kimyoviy moddalar olib ketilgan tanker ag‘darilib ketdi. Chorshanba kuni ertalab Janubiy Koreyaning Keoyoung Sun kemasidan qirg‘oq qo‘riqlash xizmati avariya signalini oldi. U janubi-g‘arbiy Musure oroli qirg‘og‘ida bo‘lgan. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Qutqaruvchilar yetib kelguniga qadar tanker ag‘darilib ketgan.

Ma’lumki, kema bortida 11 kishi – Janubiy Koreya, Xitoy va Indoneziya fuqarolari bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, ulardan sakkiz nafari halok bo‘lgan. Ekipajning yana bir a’zosi tirik qolgan. Ikki kishi bedarak yo‘qolgan.

Tanker 980 tonna akril kislotani tashigan.

U yelim, bo‘yoq va jilo ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Ushbu kimyoviy modda terini, ko‘zlarni va turli organlarning shilliq pardalariga ziyon keltirishi mumkin.
Hozircha kemadan kimyoviy moddalar sizib chiqqani haqida xabarlar kelib tushmagan.
Ammo rasmiylar profilaktika choralarini ko‘rmoqda.
Kemaning ag‘darilishi sabablari hozircha noma’lum. Mintaqada ob-havo noqulay bo‘lgan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati