Maynu Angliya terma jamoasiga chaqiruv olishga loyiq

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 17:38
"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Ues Braun Kobbi Maynuning Angliya terma jamoasidagi istiqbollari haqida gapirdi.

18 yoshli “qizil iblislar” futbolchisi yaqinda Angliyaning asosiy terma jamoasiga ilk bor chaqiruv oldi.

Yarim himoyachining "uch sherlar" safidagi debyuti 23 mart kuni Braziliya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida bo‘lib o‘tishi mumkin.

"Maynuning o‘yinidan u juda xotirjam ekanini ko‘rish mumkin. U faqat futbol haqida o‘ylaydi - bu ijobiy xususiyat. U kam sonli yosh futbolchilar qodir bo‘lgan mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor.

"Manchester Yunayted" uni doim qadrlagan. Ha, ehtimol, jarohatlar bilan bog‘liq muammolar Maynuni tez-tez qo‘yib bezovta qiladi, ammo u o‘zining munosibligini isbotlashi kerak edi. Menimcha, Maynu Angliya terma jamoasiga chaqiruvga loyiq", – dedi Braun.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati