Bundesligada eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi nomi malum bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 17:34
Lequipe jurnalistlari Germaniya Bundesligasining eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari reytingini taqdim etdi. Ushbu ro‘yxatda birinchi o‘rinni "Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn egalladi. Angliyalik to‘purarning oylik maoshi 2,1 million yevroni tashkil qiladi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni darvozabon Manuel Noyer va hujumchi Tomas Myuller (har biri 1,66 million) bo‘lishdi. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni yarim himoyachilar Kingsli Koman va Serj Gnabri bo‘lishdi (har biri 1,42 million).

Bu mavsumda "Bavariya" chempionlik unvonini qo‘ldan chiqarishga yaqin turibdi. Bundesliganing 26-turidan so‘ng Tomas Tuxel shogirdlari 60 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Myunxenliklar "Bayer"dan o‘n ochko ortda qolmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati