Belgiya chempionatida uch nafar darvozabon bir vaqtning o‘zida jarohat oldi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 16
- Формат: mp4
- Дата релиза: 21-03-2024, 17:18
Jumladan, "Gent" - "Sharlerua". uchrashuvida Erve Koffi og‘riqdan shikoyat qildi. "Aud-Xeverle Lyoven" - "Mexelen" o‘yinida Tobe Leysen maysazorga yotdi. "Vesterlo" – "Genk" bellashuvida esa Marten Vandevordt jarima maydonchasi yaqinida o‘tirib oldi.
Qiziq tomoni, ushbu hodisalarning barchasi yigirmanchi daqiqada sodir bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, yigitlar Ramazonni nishonlayotgan futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashgan. Shu tariqa, musulmonlar og‘iz ochish uchun ma’lum vaqtga ega bo‘ldi.
Belgiyada hakamlar iftorlik qilish uchun uchrashuvni to‘xtata olmaydi. Shuning uchun posbonlar bu vazifani o‘z zimmasiga olishgan.