Belgiya chempionatida uch nafar darvozabon bir vaqtning o‘zida jarohat oldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 17:18
Uchrashuvlar parallel ravishda o‘tkazilgan. Belgiya chempionati doirasida parallel ravishda o‘tkazilgan bir qator o‘yinlarda darvozabonlar uch nafar darvozabon shikastlandi.

Jumladan, "Gent" - "Sharlerua". uchrashuvida Erve Koffi og‘riqdan shikoyat qildi. "Aud-Xeverle Lyoven" - "Mexelen" o‘yinida Tobe Leysen maysazorga yotdi. "Vesterlo" – "Genk" bellashuvida esa Marten Vandevordt jarima maydonchasi yaqinida o‘tirib oldi.

Qiziq tomoni, ushbu hodisalarning barchasi yigirmanchi daqiqada sodir bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, yigitlar Ramazonni nishonlayotgan futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashgan. Shu tariqa, musulmonlar og‘iz ochish uchun ma’lum vaqtga ega bo‘ldi.

Belgiyada hakamlar iftorlik qilish uchun uchrashuvni to‘xtata olmaydi. Shuning uchun posbonlar bu vazifani o‘z zimmasiga olishgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati