Xitoy banklari Rossiya mijozlari bilan hisob-kitoblarni to‘xtatadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 16:46

Xitoyning bir qancha banklari Rossiyadan yuandagi to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatdi, ularning mijozlari tegishli bildirishnomalarni ola boshladilar, banklar esa tranzaksiyalarni qaytarmoqda. Bu haqda First Group kompaniyasi rahbari Aleksey Poroshin «Izvestiya»ga ma’lum qildi.

Ushbu banklar qatoriga kapitallashuv bo‘yicha 13 va 15-o‘rinlarni egallagan Ping An Bank va Bank of Ningbo, shuningdek, Great Wall West China, Dongguan Rural Commercial, China Guangfa, Kunshan Rural Commercial, Shenzhen Rural Commercial va China Zheshang kiradi.

Bunga banklarning AQSh sanksiyalaridan xavotirlari sabab bo‘lgan.

Avvalroq Xitoyning ko‘plab banklari Rossiyadan dollar o‘tkazmalarini qabul qilishni to‘xtatgani va hisob-kitoblarda kechikishlar yuzaga kelgani, biroq milliy valyutadagi operasiyalar davom etgani ma’lum edi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati