TASS: Rossiya Qatar vositachiligida olti nafar bolani Ukrainaga qaytardi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 16:00

Rossiya Qatar vositachiligida olti nafar bolani Ukraina tomoniga topshirdi, deya xabar bermoqda «TASS» o‘z muxbiriga tayanib.

«Oilalarning uchrashuvi Qatarning Moskvadagi elchixonasida mamlakat elchisi Ahmad bin Nosir bin Jassim Ol Tani va Rossiya prezidentining bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belova ishtirokida bo‘lib o‘tdi», deb yozadi «TASS».

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, keng ko‘lamli Rossiya urushi boshlanganidan keyin 19 mingdan ortiq bola Rossiyaga olib ketilgan.

Bundan tashqari, American Conflict Observatory guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, yana 10-12 mingga yaqin ukrainalik bolalar Rossiya va bosib olingan Qrimdagi dam olish lagerlari va boshqa muassasalarga olib ketilgan va u erda mafkuraviy singdirilgan.

2023 yilning mart oyida XMK Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmeni Mariya Lvova-Belovani bolalarni Ukrainadan deportasiya qilishda ayblab, hibsga olishga order berdi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati