Argentina Daniyadan F-16 samolyotlarini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 14:30
Argentina hukumati Daniyadan Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi La Nación gazetasi Argentina mudofaa vazirligiga tayanib.

Nashrning yozishicha, Argentina prezidenti Xaver Miley X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida Argentina F-16 samolyotlarini sotib olish bo‘yicha Daniya bilan shartnoma tuzishi haqidagi ikki foydalanuvchining xabarlarini qayta joylashtirgan.

Gazetaning yozishicha, hozirda Argentina rasmiylari bu masala ustida ishlamoqda.

“Bu borada ish olib borilmoqda va aprel oyi oxirida operasiya haqida batafsil ma’lumot beriladi”, — deyiladi xabarda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati