“Hizbulloh” hujumlarida 17 nafar Isroil askari halok bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 14:16
Livandagi “Hizbulloh” harakatining Isroil shimoliga bergan zarbalari oqibatida shu paytga qadar 17 nafar isroillik askar halok bo‘lgan. Bu haqda Isroil manbalariga asoslanib, IRNA nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 8 oktyabrdan beri “Hizbulloh” guruhi Isroil shimoliga 30 dan ortiq hujum tashkil etgan. Hududdagi mahalliy isroilliklar mamlakat ichkarisiga evakuasiya qilingan.

Harbiy harakatlar davomida Livan guruhi Tel-Aviv hududiga 3500 ga yaqin raketa uchirgan. Shu bilan birga, Suriya hududidan ham okkupasiya qilingan Falastin shimoliga shu paytga qadar jami 38 raketa yo‘naltirilgan.

Isroil harbiylari halok bo‘lgan harbiylar sonini 17 nafar deb belgilagan. Yaralanganlar haqida ma’lumot taqdim etilmagan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati