Neuralink tomonidan miyasiga neyrochip o‘rnatilgan inson miyasida shaxmat o‘ynadi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 19
- Формат: mp4
- Дата релиза: 21-03-2024, 14:08
28 yanvar kuni Neuralink birinchi marta inson miyasiga implant joylashtirdi.
Neuralink startapi Mask tomonidan 2016 yil iyul oyida yaratilgan. U oxir-oqibat inson miyasiga joylashtirilishi mumkin bo‘lgan chiplarni ishlab chiqmoqda. Texnologiyaning maqsadi - miya va orqa miya shikastlanishining oqibatlarini bartaraf etish.
Neuralinkning yangi qurilmasi Telepathy deb ataladi. Aytilishicha, u egasiga smartfon yoki kompyuterni fikr kuchidan foydalangan holda boshqarish imkoniyatini beradi va birinchi navbatda oyoq-qo‘llarini ishlatishdan mahrum bo‘lgan odamlar uchun mo‘ljallangan.
Maskning ishonchi komilki, bunday neyron interfeyslar odamga sun’iy intellektga qarshi tura oladigan kiborgga aylanish imkonini beradi.