Oftalmologiyaning yutuq va muammolari Toshkentda muhokama qilindi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-05-2024, 18:06
Toshkentda «Oftalmologiyada innovasion texnologiyalar» xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Anjuman O‘zbekiston oftalmologlar assosiasiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Shifokorlar assosiasiyasi ko‘magida tashkil etildi.

O‘zbekiston oftalmologlar assosiasiyasi raisi Zulfiya Maqsudova xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida so‘zlagan nutqida tibbiyotning muhim yo‘nalishi hisoblangan, zamonaviy raqamli texnologiyalarning rivojlanishi va shunga mos ravishda inson, ayniqsa, bolalar va o‘smirlar ko‘ziga yuklanishning keskin ortishi tufayli talab ortib borayotgan oftalmologiya sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.

Anjumanda mamlakatda oftalmologiyani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, 2020 yilda tashkil etilgan O‘zbekiston oftalmologlar assosiasiyasi faoliyati yoritib berildi. Assosiasiya uch yildan sal ko‘proq vaqt davomida ishlashiga qaramasdan sezilarli natijalarga erishdi. Xususan, 500 dan ortiq mutaxassislar ishtirokida xalqaro vebinar o‘tkazildi, Amerikaning mashhur «Lions EYE Institute» transplantasiya markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Davlat organlariga maslahat yordami ko‘rsatilmoqda, bolalar uchun profilaktika dasturlari amalga oshirilmoqda, hamda optometrist hamshiralar malakasini oshirish tashkil etildi.

Xalqaro konferensiya dasturidan yalpi majlislar va seksiya muhokamalari o‘rin olgan bo‘lib, ularda oftalmologik yordamni tashkil etish masalalari, glaukoma, ko‘zning oldingi segmenti, ko‘z gavhari va orqa segment patologiyasini davolashda yangi texnologiyalar, shuningdek, oftalmologik diagnostikada innovasion yechimlar, shu jumladan refraksiya anomaliyalarini tashxislash va davolashda zamonaviy yondashuv masalalari ko‘rib chiqildi.

Unda tegishli davlat idoralari, O‘zbekiston davlat va xususiy klinikalarining vakillari, shuningdek, Belarus, Buyuk Britaniya, Qozog‘iston, Italiya, Ispaniya, AQSH, Turkmaniston, Shveysariya, Rossiyadan kelgan oftalmologlar ishtirok etdi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati