Deku: Hali qaror qabul qilinmadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 13:12
"Barselona" sport direktori Dekuning aytishicha, "ko‘k-anorranglilar" "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp va "Arsenal" ustozi Mikel Artetaga jamoani boshqarishni taklif qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar ustozi Xavi joriy mavsum yakunida jamoani tark etishi avvalroq ma’lum bo‘lgan edi.

"Hali qaror qabul qilinmadi, biz jarayondamiz. Albatta, menga Luis Enrike yoqadi, u top-murabbiy.

Pep Gvardiola ham, Yurgen Klopp ham. Ammo bu mutaxassislar mavjud emas. Xuddi Mikel Arteta, Andoni Iraola va Serxio Konseysau kabi.

Biz ular bilan umuman gaplashmadik va ularni eslatib o‘tishning ma’nosi yo‘q. Hozircha biz hech qanday menejer bilan muloqot qilganimiz yo‘q", - deya Dekuning so‘zlarini keltiradi Britaniyaning Daily Mail internet nashri.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati