Qanday mahsulotlar yuz terisi qarishiga olib keladi? Dermatolog javob beradi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 24
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-05-2024, 15:56
Fast-fud hamda shakar sog‘lom va chiroyli terining asosiy dushmanidir, deydi dermatolog Knara Andryan.

Andryan terining salomatligi va ko‘rinishi ko‘p jihatdan ovqatlanishga bog‘liqligini ta’kidladi.

Biroq, shakarni iste’moldan butunlay chiqarib tashlashning hojati yo‘q. Lekin uning iste’molini iloji boricha eng kam miqdorga kamaytirish kerak. Xuddi shu sababga ko‘ra, mutaxassis ovqatlanishda uglevodlar miqdorini kamaytirishni tavsiya qildi. Shifokor, shuningdek, tez ovqatlanish, gazak va spirtli ichimliklarning teri salomatligiga salbiy ta’sirini haqida ham ta’kidladi.

Mutaxassis semizlikka moyil bo‘lgan insonlarga soat 19:00 dan keyin meva iste’mol qilmaslikni maslahat berdi, chunki ulardagi fruktoza tanadan suvni tortib oladi. Mevaga muqobil sifatida u antioksidantlarga boy rezavorlar — malina, smorodina va klyukvani tavsiya qilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati