Hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi haqida ma’lumot berildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 13:00
“O‘zgidromet” 23-25 mart kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 24 martda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 23 martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq, 24 martda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 25 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 23 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq; 24-25 martda kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 24 martda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 23 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq, 24 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq, 25 martda kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 24 martda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 23 martda kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq, 24-25 martda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 24 martda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 23-24 martda 17-22 daraja iliq, 25 martda 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 23-24 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 25 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chish xavfi bor. G Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 23 martda 5-10 daraja iliq, 24 martda 3-8 daraja iliq, 25 martda 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati