AQSh va Buyuk Britaniya Yamanga havo hujumi uyushtirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 12:58
AQSh va Buyuk Britaniya havo kuchlari Yamandagi husiylar ob’ektlariga hujum uyushtirdi. Bu haqda arab nashrlari manbalariga asoslanib, IRNA nashri xabar berdi.

Al Mayadeen nashriga ko‘ra, chorshanba kuni kechasi AQSh boshchiligidagi havo hujumi g‘arbiy Al-Hudayda provinsiyasidagi Al-Mina tumani hududida sodir etilgan. Hujum oqibatida halok bo‘lganlar va yaralanganlar soni hozircha noma’lum.

Vashington va London kuchlari Yamanning “Ansorulloh” guruhiga nisbatan ilk hujumni 11 yanvar kuni amalga oshirgan edi. Koalisiya a’zolari bu harakatlarini Qizil dengizdagi kemalar harakatini to‘xtatib qo‘ygan husiylarga nisbatan jazo chorasi deb e’lon qilgan.

Yaman husiylari 19 noyabrdan beri Qizil dengiz va Sudan bo‘g‘ozida transport va harbiy kemalarga hujumlar uyushtirib keladi. Guruh mas’ullari Qizil dengizdagi harbiy manyovrlar faqat Isroil kemalariga nisbatan qo‘llanilayotgani, G‘arb yuk tankerlari uchun hech qanday xavf mavjud emasligini ta’kidlagan. Biroq Qizil dengizda turgan G‘arb koalisiya qo‘shinlari Yevropa va Amerikadan kelgan yuk kemalariga hujum qilish bilan bog‘liq bir nechta holatni qayd etgan.

Yaman husiylari Isroil rejimi G‘azodagi genosidni to‘xtatmaguncha va Falastin hududiga gumanitar yordam kirib kelishiga ruxsat bermaguncha Isroilga qarshi operasiyalarini davom ettirishini bildirgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati