Rossiya NQIZlari dronlar hujumi tufayli kuniga 600 ming barrel tozalangan neftni yo‘qotmoqda
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 18
- Формат: mp4
- Дата релиза: 21-03-2024, 12:56
Oxirgi ikki hafta ichida Rossiya neft sanoati yirik dron hujumlariga duch keldi. Kamida 8 neftni qayta ishlash zavodi va neft bazalariga qilingan hujumlar hujjatlashtirilgan. Hujumlar favqulodda xizmatlarning bir necha soat ishlashini talab qiladigan keng ko‘lamli yong‘inlarga olib keldi.
Shu fonda, deb yozadi Bloomberg, dizel yoqilg‘isi fyucherslari to‘rt barobar, benzin fyucherslari esa olti barobar oshdi. “Bu (dron hujumlari) muhim, chunki, albatta, u darhol neft mahsulotlari eksportiga ta’sir qiladi”, degan Tornkvist. Rossiya Federasiyasidan eksport kuniga bir necha yuz ming barrelga qisqardi, degan u.
JPMorgan investisiya banki tahlilchilari o‘z baholashlarida yanada uzoqroqqa borishdi – ular hujumlar va natijada neftni qayta ishlash zavodlarining to‘xtab qolishi Rossiya neft zavodlarining quvvatini kuniga 900 ming barrelga qisqartirishiga olib kelishi mumkinligini hisoblab chiqdi.