Yamal: Messidek futbolchi boshqa hech qachon bo‘lmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 12:12
"Barselona" vingeri Lamin Yamal "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi bilan solishtirish borasida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

“Bu matbuotning ixtiyorida. Ammo Lionel Messidek futbolchi hech qachon bo‘lmaydi", - deya Yamal so‘zlarini keltiradi Diario Sport.

"Ko‘k-anorranglilar"ning asosiy jamoasi uchun 16 yoshli Yamal 40 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ispaniyalik futbolchining kataloniyaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt sayti futbolchining narxini 60 million yevroga baholagan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati