Chelsi va Manchester Siti APLdan chetlatilishi mumkinligi borasida ogohlantirildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 12:08
"Chelsi" va "Manchester Siti" moliyaviy qoidabuzarliklar tufayli Angliya chempionatidan chetlatilishi mumkin, deb xabar beradi The Sun.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Premyer-liga mustaqil komissiyasi klublarni aybi isbotlansa, klubdan chetlatilishi mumkinligi haqida allaqachon ogohlantirgan.

O‘tgan yilning fevral oyida "Siti" 115 ta qoidabuzarlikda ayblangan va jamoa advokatlari ular bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganmoqda.

“Ko‘klar”ga hali ayblov qo‘yilmagan, biroq 2023 yilning yozida Roman Abramovichning londonliklarni boshqarishi vaqtida klub moliyaviy hisobotidagi qoidabuzarliklar aniqlangan edi.

Joriy mavsumda moliyaviy tartibsizliklar tufayli "Nottingem" 4 ochkodan, "Everton" esa 6 ochkodan mahrum bo‘ldi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati