Bavariya sobiq hujumchisini ortga qaytarmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 11:42
Hozirda "Bolonya"da o‘ynayotgan 22 yoshli hujumchi Joshua Zirkzee sobiq jamoasi "Bavariya"ga qaytishi mumkin. Bu haqda Kicker jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, nemis grandi rahbariyati Italiya tomoni bilan ehtimoliy kelishuvni muhokama qilmoqda. "Bavariya" hujumchini 22 million yevroga sotib olish huquqiga ega. Joshuaning xizmatlariga "Milan", "Napoli" va Turinning "Yuventus" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Zirkzee 2022 yilning yozidan buyon "Bolonya" safida to‘p tepmoqda. O‘shanda italiyaliklar uni 8,5 million yevroga sotib olishgandi.

Joriy mavsumda forvard 30 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati