Mane: Bu murabbiy futbol tarixida katta iz qoldirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 11:20
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi, hozirda Saudiya Arabistonida to‘p tepayotgan Sadio Mane "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning iste’fosi haqidagi fikri bilan o‘rtoqlashdi.

“Klopp klubni tark etishini aytdi. Bu murabbiy futbol tarixida katta iz qoldirdi, o‘yin rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Yurgen ajoyib murabbiy va tirik afsona. U klub uchun ko‘p ish qildi. Uning ishi muxlislar xotirasida qoladi", - dedi senegallik futbolchi.

Nemis mutaxassisi 2015 yildan buyon "Liverpul" bosh murabbiyi hisoblanadi. Yanvar oyida Klopp 2023/2024 yilgi mavsum yakunida jamoani tark etishini ma’lum qilgandi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati