Katanes futbolchilarga bu o‘yinga oddiy bahs sifatida qaramaslikni maslahat berdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 11:06
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 saralashi doirasida Gongkongga qarshi bo‘ladi. Uchrashuv 21 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘yin oldidan O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Biz bu yerga g‘alaba qozonish uchun keldik. Bir hafta davomida o‘yinlarga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha ishni qilamiz. Iroq terma jamoasi murabbiyi sifatida avval Gongkong terma jamoasiga qarshi bahs olib borganmiz. Biroq bu umuman boshqa darajadagi o‘yin edi. O‘shanda raqib jamoa chuqur himoyalangan. Hozir vaziyat o‘zgargan. Jamoa Osiyo Kubogida ham yorqin o‘yin namoyish etdi.

Gongkong Eronga qarshi va guruhdagi boshqa uchrashuvlarda bir qancha xavfli hujumlar tashkil etdi. Bu jamoa qanday qilib turnirda ochko qo‘lga kirita olmagani va faqatgina bitta gol urgani hayratlanarli. Futbolchilarga bu o‘yinga oddiy bahs sifatida qaramasliklarini maslahat beraman. Kimdir oson o‘yin bo‘ladi deyishi mumkin, biroq unday emas. Gongkong tarkibida bir qancha braziliyalik mahalliylashtirilgan futbolchilar bor. Ushbu jamoani hurmat qilamiz.

Turkmanistonga qarshi sun’iy chimli maydonda o‘ynadik, ertangi bahs o‘tkaziladigan stadion maydoni esa bir oz kichikroq ekan. Shundan kelib chiqqan holda ular bizga yaxshigina qarshilik ko‘rsatadi, deb o‘ylayman.

Jahon Chempionati saralash bosqichi barcha futbolchilardan jiddiy yondashuvni talab qiladigan musobaqa. Bu yerga kecha oqshomda yetib keldik va bir marta mashg‘ulot o‘tkazdik. Ertaga muhim o‘yinda ishtirok etishimiz kerak. Qanday holat bo‘lishini oldindan bilmaymiz. Shunga qaramay rejalar o‘zgargani yo‘q.
Ertangi bahsda raqib jamoa muxlislari ko‘proq bo‘ladi. Bu o‘yinga jiddiy ta’sir o‘tkazmaydi, deb o‘ylayman.
Srechko Katanes, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Gongkong o‘rtasidagi uchrashuv 21 mart kuni 17:00 da start oladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati